Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Ukrainada urush boshlanganidan beri har kuni urushning avvalgi kunida olingan asosiy kadrlarni e’tiboringizga havola etayapmiz. Ushbu rasmlarda shafqatsizlik, zo‘ravonlik va o‘lim sahnalari mavjud, ammo ular haqiqiy urush qanday bo‘lishini ko‘rsatib beradi.

Quyida urushning 331-kunining asosiy fotosuratlarini ko‘rishingiz mumkin.

Ramshtayn aviabazasida Ukraina ittifoqchilari konferensiyasi

20 yanvar kuni Germaniya g‘arbida, Fransiya bilan chegara yaqinida joylashgan Ramshtayn aviabazasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aloqa guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda NATO mudofaa vazirlari Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb ittifoqchilaridan so‘rab kelayotgan Germaniyaning Leopard 2 tanklarini Kiyevga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Bir qator Yevropa davlatlari o‘zlarida mavjud Leopard 2 tanklarini Kiyevga jo‘natishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, biroq buning uchun ular Germaniyadan ruxsat olishlari kerak. Germaniya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, hamkorlar yetkazib berish bo‘yicha umumiy fikrga ega emas va bu qarorga aynan Germaniya to‘sqinlik qilayotgani haqidagi qarashlar noto‘g‘ri.

Uchrashuv natijalari ayrim mamlakatlarda norozilikka sabab bo‘ldi. "Ukrainaga yordam berish hozir barchamiz uchun, ayniqsa polyaklar, xalqimiz va hukumatimiz uchun juda muhim", dedi Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lukash Jasina. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlinning qarorsizligi vaziyatning har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aloqa guruhi yig‘ilishida video havola orqali nutq so‘zladi. "Men sizga yuzlab marta minnatdorchilik bildirishim mumkin va biz hozirgacha qilgan barcha ishlarni hisobga olsak, bu mutlaqo to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin yuzlab rahmatlar yuzlab tanklar degani emas. Biz hammamiz minglab so‘z aytishimiz mumkin, lekin men rus artilleriyasiga qarshi zarur bo‘lgan qurollar yoki odamlarni Rossiya havo hujumlaridan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan zenit-raketalarni so‘z bilan almashtira olmayman”, — dedi Zelenskiy o‘z nutqida. U o‘z nutqini Ukrainani uzoq masofali raketalar va F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlashga chaqirish bilan yakunladi.

Baxmutdan tinch aholini evakuasiya qilish jarayoni

2022 yil iyulidan beri rus qo‘shinlarining asosiy nishonlaridan biri bo‘lib qolayotgan Baxmut atrofidagi janglar davom etmoqda. 19 yanvar kuni Vagner CHVK boshlig‘i Yevgeniy Prigojin Kleshevka qishlog‘i (Baxmutdan taxminan besh kilometr uzoqlikda) qo‘lga olinganini e’lon qildi. Biroq, Ukraina tomoni buni rad etmoqda. Amerika urushni o‘rganish instituti ham qishloqning qo‘lga olinganini tasdiqlamadi.

Amerika urushni o‘rganish instituti ekspertlarining ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari Baxmutning shimoli-sharqiy chekkasida oldinga siljishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR rahbari Denis Pushilinning fikricha, "shahar yaqin kelajakda operativ qurshovga olinadi".

Urushgacha 73 ming kishi istiqomat qilgan shaharda hozir bir necha ming tinch aholi istiqomat qiladi. Ukraina harbiylari ularni imkon qadar tezroq shahardan olib chiqishga harakat qilmoqda.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Baxmutning ko‘rinishi.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Baxmutning keksa aholisi evakuasiyaga tayyorlanmoqda.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Volnovaxaning o‘qqa tutilishi oqibatlari

19 yanvar kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donesk Xalq Respublikasi rasmiylari Volnovaxa Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Hujum chog‘ida ikki fuqaro halok bo‘lgan, maktab binosi, xususiy uylar va gaz quvuri shikastlangan. Shahar Doneskdan 60 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, 11 mart kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR nazoratiga o‘tgan.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Volnovaxada raketalardan biri urilgan joy.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Volnovaxada yashovchi fuqaro otishma paytida shikastlangan uyi hovlisida.

Kramatorskdagi vayron qilingan bolalar bog‘chasi

20 yanvar kuni ertalab rus qo‘shinlari Kramatorskni o‘qqa tutdi. Donesk viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Pavel Kirilenkoning xabariga ko‘ra, raketalardan biri bolalar bog‘chasi yaqiniga tushgan. Bundan tashqari, sakkizta ko‘p xonadonli va oltita xususiy uy, ikkita tibbiyot muassasasi va maktab shikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Kramatorskdagi raketadan zarar ko‘rgan bolalar bog‘chasi xonalaridan biri.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar

Bolalar bog‘chasi hovlisidagi Kramatorsk aholisi.

Kiyevda rus harbiy texnikasi ko‘rgazmasi

Kiyev markazida qo‘lga olingan Rossiya harbiy texnikasi ko‘rgazmasi. Bu Ukraina Milliy harbiy tarixi muzeyi ekspozisiyasining bir qismidir.

Ukrainadagi urushning 331-kuni. Fotolavhalar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!