Ukrainadagi urush fonida Hindiston gullab-yashnadi. Tom ma’noda

Ukrainadagi urush fonida Hindiston gullab-yashnadi. Tom ma’noda

Ukrainadagi urush fonida hind atirgul sanoati kutilmagan yuksaldi. Gap shundaki, Yevropa mamlakatlari energiya tejash tufayli qishda gul yetishtirishdan deyarli voz kechishdi.

Hindiston gulchilari 14 fevral, sevishganlar kunigacha atirgul savdosi ikki baravar oshishini kutmoqda, gollandiyalik gulchilar esa Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil noyabrida chet elda atirgullar savdosi 2021 yil noyabriga nisbatan ikki baravar ko‘paygan. Sanoat pandemiya tufayli yo‘qotishlardan tezda tiklanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!