Ukrainadagi harbiy holat muddati uzaytirilishi mumkin

Ukrainadagi harbiy holat muddati uzaytirilishi mumkin

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi harbiy holatni 90 kunga, 23 avgustga qadar uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda kecha, 18 may kuni Oliy Rada saytida chop etilgan Prezident farmonini parlament tomonidan tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasida keltirilgan.

“Ukrainadagi harbiy holat muddati 2022 yil 25 may soat 05:30 dan 90 kunga uzaytirilsin”, deyiladi hujjatda.

Shu tariqa, harbiy holat rejimini 23 avgustgacha, deyarli mamlakat Mustaqillik kuniga (24 avgust) qadar uzaytirish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 24 fevralda joriy etilgan harbiy holat ikki marta 30 kunlik muddatga uzaytirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!