Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatning aybdorlari Yevropa davlatlari,- Lavrov
«O‘tgan yillar davomida biz G‘arbni Shimoliy Atlantika ittifoqini kengaytirmasdan, umumbashariy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha teng huquqli, o‘zaro hurmat asosidagi kelishuvga rozi bo‘lishga ishontirish befoyda ekaniga amin bo‘ldik», dedi vazir.«Shu munosabat bilan Yevropa ham ma’lum darajada hozirgi vaziyatning «muallifi» sifatida harakat qilmoqda.Umid qilamanki, «arab bahori» tajribasidan so‘ng, hozirgi Ukraina «to‘lqini» Yevropa Ittifoqida fikrlash uchun ozuqa sifatida qabul qilinadi, ammo hozirgacha Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘zlari haqida ko‘p o‘ylamaydilar».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)