Ukrainada urush yanada sekinlashishi mumkin,- AQSh razvedkasi

Ukrainada urush yanada sekinlashishi mumkin,- AQSh razvedkasi

AQSh razvedka hamjamiyati Ukrainadagi jangovar harakatlar sur’ati yaqin oylarda sekinlashishini kutmoqda, biroq buni Ukraina kuchlari tomonidan qarshilik ko‘rsatish irodasining pasayishi belgisi sifatida ko‘rmaydi,- dedi AQSh Milliy razvedkasi direktori Avril Xeyns. Bu haqda u Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan yillik Reygan milliy mudofaa forumida ma’lum qildi.

Xuddi shu forumda Xeyns AQSh razvedkasi Xitoydan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga yordam berishini ko‘rsatadigan hech narsa ko‘rmasligini aytdi va AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarga ishora qilib, Rossiyani qasddan shafqatsizlikda aybladi. .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!