Ukrainada tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq 12 mingdan ortiq holat tekshirilmoqda

Ukrainada tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq 12 mingdan ortiq holat tekshirilmoqda

Ukraina Milliy polisiyasi rahbari Igor Klimenkoning aytishicha, ayni paytda Ukrainada tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq 12 mingdan ortiq holat tekshirilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev viloyati hududining o‘zida 1500 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan: "Bucha, Irpen, Gostomel, Borodyankada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chalarda yotgan jasadlar ko‘p edi", deydi u.

1200 ta jasad, jumladan, ommaviy qabrlardan topilgan jasadlar shaxsi haligacha noma’lum.

Milliy polisiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jami o‘lganlarning taxminan 75 foizi erkaklar, 2 foizga yaqini bolalar, qolganlari esa ayollardir. "Bu faqat tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq raqamlar, harbiy yoki huquq-tartibot tuzilmalariga hech qanday aloqasi yo‘q", — dedi Klimenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!