Ukrainada Rossiya bayrog‘iga "layk" bosgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi

Ukrainada Rossiya bayrog‘iga "layk" bosgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi

Ukrainada Rossiya bayrog‘i suratiga "layk" bosgan erkak jarimaga tortildi. Harbiy harakatlarning sobiq ishtirokchisi Sumi viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan sudga tortildi.

Ish materiallariga ko‘ra, erkak "surat ostidagi "layk" belgisini bosish orqali odamlarning noma’lum doirasini konstitusiyaviy tuzumni majburan o‘zgartirish yoki ag‘darish maqsadida qasddan harakatlar qilishga chaqirgan. Rasmda Sovet gerbi, Rossiya, Belorussiya va Ukraina bayroqlari hamda "bir xalq" yozuvi tushirilgandi.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro Ukraina byudjetiga 4250 grivna miqdorida jarima to‘lashi, shuningdek, 6537 grivna miqdoridagi rasmni ekspertiza qilish xizmatlari uchun haq to‘lashi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ukrainalik jinoiy javobgarlikka tortildi, chunki Ukrainada davlat hokimiyatiga qarshi jinoyatlar mamlakat Jinoyat kodeksiga muvofiq jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!