Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda — Denis Shmigal

Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda — Denis Shmigal

Ukrainada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Shu bois yaqin kunlarda bir nechta hududlar epidemiologik xavfning qizil zonasiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

«Yaqin kunlarda bir nechta hududlar qizil zonaga tushib qolishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, kinoteatrlar, kafelar, restoranlar, sport zallari, teatrlar va boshqa jamoat joylari muassasaning xodimlari va tashrif buyuruvchilar to‘liq emlangan bo‘lsa faoliyatiga ruxsat beriladi», dedi Denis Shmixal hukumat yig‘ilishida.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, polisiya xodimlari tegishli dasturiy ta’minotga ega. Ular yordamida tashrif buyuruvchilarda COVID sertifikatlari borligini tekshirishadi.

Bugungi kunda Ukrainada, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kasalxonaga yotqizilishining ko‘payishi va ular orasida kislorodga muhtojlarning ko‘pligi tufayli epidemiologik xavfli to‘q sariq zonada bo‘lgan 11 ta hudud mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida Ukrainada yana 12 662 kishida infeksiyasi qayd etilgan. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda jami 2 482 518 kishi COVID-19 yuqtirib, shundan kasallik asoratlari oqibatida 57 526 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!