Ukrainada harbiy holat yana uzaytirildi

Ukrainada harbiy holat yana uzaytirildi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holatni 90 kunga, ya’ni 2022 yil 23 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda Parlamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘ilshicha, qarorga 320 nafar deputat yoqlab ovoz bergan. Shuningdek, mamlakatdagi umumiy safarbarlik muddati ham uch oyga uzaytirilgan. Bu qarorga 315 kishi yoqlab ovoz bergan.

Bundan tashqari, Parlament yig‘ilishida Polsha prezidenti Anjey Duda nutq so‘zlagan. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha fuqarolari uchun Ukrainada alohida huquqiy maqom berish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritilganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!