Ukraina va Finlyandiyaning NATOga intilishida qanday farq bor?

Ukraina va Finlyandiyaning NATOga intilishida qanday farq bor?

Ukraina va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishga urinishida farqlar bor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Bugun, 18 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda finlyandiyalik jurnalistning iltimosiga ko‘ra, Ukraina va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga Rossiyaning yondashuvlari to‘g‘risida fikr bildirar ekan, diplomat “NATOning har qanday kengayishi global xalqaro nuqtai nazardan ta’sir va ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Zaxarova Ukrainaning NATOga a’zoligi va Finlyandiyaning tegishli blokka kirishi bilan bog‘liq ma’lum “vaziyatlarda farq” borligini ta’kidladi.

“Finlyandiyada [Ukrainaga o‘xshatib] juda ko‘p sonli millatchi batalyonlar borligini bilmayman. [Yoki] Finlyandiyada Pentagonning o‘nlab biologik laboratoriyalari joylashgan bo‘lib, ularda xavfli patogenlar bilan tajribalar o‘tkazilganini [bilmayman]” deb davom etgan u.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Finlyandiyada Ukrainadan farqli o‘laroq, qurolli to‘qnashuv zonasiga shartnoma bo‘yicha va u siz ham qurol yetkazib berish kuzatilmayapti.

“Bu so‘nggi o‘n yillikdagi Ukraina va Finlyandiyani nima ajratib turishi haqida qisqa ta’rif. Vashingtonning qo‘pol aralashuvi tufayli Ukrainadagi vaziyat dramatik ssenariy bo‘yicha rivojlandi”, deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!