Ukraina Turkiy Kengashga qo‘shiladi(mi)?

Ukraina Turkiy Kengashga qo‘shiladi(mi)?

Ukraina kuzatuvchi-davlat sifatida Turkiy Kengashga qo‘shilmoqchi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri ukrainalik hamkasbi bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.

Turkiy Kengash turkiyzabon davlatlarni - Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Uning ishi to‘rtta asosiy tamoyilga asoslangan: umumiy tarix, til, o‘ziga xoslik va madaniyat.

Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Japarova Ukraina - turk madaniyatining merosxo‘ri ekanligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!