Ukraina Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qilgan, ammo Moskva javob bermagan
Ukraina tomonidan taklif etilgan «jimlik rejimi» nafaqat Ukraina hududiga zarbalarni, balki front chizig‘idagi jangovar harakatlarni ham to‘xtatishni nazarda tutgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanovning aytishicha, taklif shaxsan Vladimir Putinga yetkazilgan, biroq Rossiyadan hech qanday reaksiya bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, «dronlar uchyapti, buni hamma ko‘rdi».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
