Ukraina Rossiya ustidan g‘alaba qozonishi kerak — Buyuk Britaniya

Ukraina Rossiya ustidan g‘alaba qozonishi kerak — Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning fikricha, “yangi Minsk kelishuvi”ning tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki Ukrainaga faqat g‘alaba kerak.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Fransiyaning Journal du Dimanche gazetasiga bergan intervyusida “yomon o‘ylangan tinchlik shartnomasi” Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “o‘z kuchlarini qayta to‘plash” imkonini berishini aytdi.

"Shuning uchun biz yangi Minsk kelishuvini ko‘tara olmaymiz. Ukrainaga eng sof ko‘rinishdagi g‘alaba kerak, bu esa uning xavfsizligini tiklaydi", - deya Trassning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Trass bu masalani Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna bilan muhokama qilganini va "barcha ittifoqchilar bu maqsadda hamfikr" ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!