Ukraina Qurolli kuchlari rossiyalik harbiy asirlarni shafqasizlarcha qatl etgani uchun javob beradi - Rossiya Mudofaa vazirligi
Internetda asirga olingan askarlarning ukrainalik jangarilar tomonidan qatl etilgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
“Zelenskiy va uning tarafdorlari tarix sudi, Rossiya va Ukraina xalqlari oldida hamma uchun - har bir qiynoqqa solingan va o‘ldirilgan asir uchun javob beradi”, — deyilgan bayonotda.
▪️Shu bilan birga, Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Kiyev rejimi Ukraina QKning shafqatsiz “amaliyotlari”ni faol qo‘llab-quvvatlamoqda, ayni paytda ukrainalik harbiylar esa Jenevaning Harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning barcha talablariga muvofiq ushlab turilmoqda.
O‘ldirilgan rossiyalik harbiy asirlar aks etgan kadrlar BMTda o‘rganilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)