Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari asirga olingan rossiyalik askarlarni o‘ldirgani aks etgan video haqiqiy bo‘lib chiqdi

Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari asirga olingan rossiyalik askarlarni o‘ldirgani aks etgan video haqiqiy bo‘lib chiqdi

The New York Times Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari asirga olingan rossiyalik askarlarni o‘ldirgani aks etgan videoning haqiqiyligini tasdiqladi.

"The New York Times tomonidan tasdiqlangan videolar urushdagi dahshatli lahzani ko‘rsatadi, ammo rus askarlari qanday va nima uchun o‘ldirilgani ko‘rsatilmagan", deyiladi maqolada.

Moskva va Kiyev bir-birini harbiy jinoyatlarda ayblamoqda. Rossiya tomoni Ukraina kuchlarini qurolsiz rossiyalik harbiy asirlarni shafqatsizlarcha otib tashlaganlikda ayblamoqda, Ukrainaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmeni Dmitriy Lubines esa rus askarlari taslim bo‘lgan paytida o‘t ochganini ta’kidlamoqda.

"Inson huquqlari tarafdori bo‘lgan shifokorlar" tashkilotining tibbiy maslahatchisi doktor Roxini Xaarning aytishicha, harbiy asirlarning aksariyati boshidan o‘q yegan. “Qon izlari bor. Bu ular o‘lik holda o‘sha yerda qoldirilganidan dalolat beradi", dedi Xaar.

Utrext universitetining harbiy jinoyatlar bo‘yicha eksperti Iva Vukusichning aytishicha, urush jinoyatini faqat video dalillarga asoslanib tasdiqlash qiyin. Uning so‘zlariga ko‘ra, hal qiluvchi omil rus askarlari otib tashlangan vaqt bo‘lishi mumkin.

"Agar bu harbiy asirlar tintuv qilinmagan bo‘lsa, ukrainaliklar ularning qurollangan yoki yo‘qligini bilishmagan", dedi u.

Vukusichning ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylarning xatti-harakatlari soxta taslim bo‘lish yoki jangovar bo‘lmagan maqom sifatida Ukraina Qurolli Kuchlariga qarshi hiyla sifatida baholanishi mumkin, bu Jeneva konvensiyalariga muvofiq urush jinoyati sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘la oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!