Ukraina prezidenti Estoniya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Finlyandiya va Shvesiya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Estoniya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Finlyandiya va Shvesiya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

"Menimcha, Ukrainada bunday keng formatda birinchi marta sizlarni qabul qilmoqdamiz. Biz buni mamnuniyat bilan qarshi olamiz. Siz bu urushda haqiqat tarafida, ezgulik tomonida — Ukraina va bizning mustaqillik hamda ozodlik uchun kurashimiz tarafida ekaningizdan juda xursandmiz", — deydi Vladimir Zelenskiy.

Ukraina prezidenti devoni ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatni zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan ta’minlash, shuningdek, Ukraina energetika tizimini zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligi muhokama qilingan.

Avvalroq, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya, Islandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga navbatdagi yordam paketlarini muhokama qilish uchun Kiyevga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!