Ukraina prezidenti Belarusga bormaslikka qaror qildi

Ukraina prezidenti Belarusga bormaslikka qaror qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarusga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Belarusning Ukrainadagi elchixonasi xabar berdi.

Diplomatik vakolatxonaning ta’kidlashicha, mintaqaviy rivojlanish forumiga tashrif Ukraina tomonining tashabbusi bilan bekor qilingan. Kiyev buni 2021 yilga qoldirishni taklif qildi.

«Ukraina rahbariyati munosabatlarni "pauza"ga qo‘ygani biz mintaqalar, shaharlar, qishloq kengashlari va biznes bilan aloqalarni davom ettirishimizni anglatadi. Biz bunga tayyormiz”, - deyiladi bayonotda. Belarus tomonining ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyatining bunday qarori ikki mamlakat iqtisodiyotiga, mintaqalar va aholi o‘rtasidagi aloqalarga ta’sir ko‘rsatadigan tayyorgarlik ishlarini bekor qildi.

16 sentyabrda Ukraina Belarusdagi siyosiy inqirozga nisbatan betarafligini e’lon qildi. Avvalroq Zelenskiy Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga takroriy prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni maslahat bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!