Ukraina Polsha hududiga raketa tushgani voqeasini tergov qila olmaydi

Ukraina Polsha hududiga raketa tushgani voqeasini tergov qila olmaydi

Ukraina vakillari raketa hodisasi tergovida ishtirok eta olmaydi, biroq ularga ish materiallari bilan tanishishga ruxsat beriladi. Bu haqda Polsha prezidenti Anjey Duda ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Tergov harakatlarida ishtirok etish haqida gapira olish uchun, tergovda ishtirok etish haqida gapira olish uchun xalqaro huquqning tegishli qoidalari va xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi kerak. Bu har doim yuridik yordam deb ataladigan faoliyat doirasidagi faoliyatdir”, - dedi siyosatchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tergov jarayonida olingan hujjatlar va ma’lumotlarga kirish xalqaro huquqdagi aniq asoslarga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 15 noyabr kuni kechqurun Polsha hududiga raketalar qulagani ma’lum bo‘ldi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Dudaning fikricha, raketalar Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan uchirilgan. Ayni paytda rasmiy Kiyev hujumda Moskvani aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi nishonlarga hech qanday zarba berilmaganini aytdi. Tergovning yakuniy natijalari keyinroq e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!