Ukraina Oliy Radasi hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi
Oliy Rada bosh vazir Sergey Koreskiy tomonidan taqdim etilgan hukumat ro‘yxatini tasdiqladi.
Denis Shmigal bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – energetika vaziri lavozimida qoladi. Madaniyat vaziri Tatyana Berejnaya Ukrainaning gumanitar siyosat bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanadi, Ukrainaning YEI'dagi doimiy vakili bo‘lib turgan diplomat Vsevolod Chensov esa Yevropa va yevroatlantika integrasiyasi masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi.
Ta’lim vaziri lavozimiga Andrey Butenko, IIV rahbarligiga Ivan Vigovskiy, faxriylar ishlari vaziri etib Vitaliy Kim, adliya vaziri etib Denis Maslov, raqamli transformasiya vaziri etib esa Oksana Ferchuk tayinlanadi.
Tiklanish vazirligi Jamoalar va hududlarni rivojlantirish vazirligi hamda Infratuzilma vazirligiga ajratiladi. Birinchi idoraga Vitaliy Bezgin, ikkinchisiga esa Nikolay Kalashnik rahbarlik qiladi.
Iqtisodiyot, atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va ekologiya vazirligi hamda Agrar siyosat vazirligiga bo‘lindi. Iqtisodiyot vazirligi rahbari etib "McKinsey & Company"ning Ukrainadagi ofisi rahbari Aleksandr Kravchenko, Agrar siyosat vazirligi rahbari etib esa Taras Visoskiy tayinlanadi.
Moliya vaziri Sergey Marchenko, sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashko, yoshlar va sport vaziri Matvey Bedniy, ijtimoiy siyosat vaziri Denis Ulyutin o‘z joylarini saqlab qolishadi.
Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi rahbarligiga nomzodlarni Ukraina prezidenti taqdim etadi.
