Ukraina NATOning 6 ta davlati bilan birgalikda qurol ishlab chiqarmoqchi

Ukraina NATOning 6 ta davlati bilan birgalikda qurol ishlab chiqarmoqchi

Ukraina NATO harbiy-sanoat kompleksiga integrasiya qilinmoqda. Bu haqda «Ukroboronprom» tegishli bayonot bilan chiqdi.

kraina konserni alyansning kamida 6 a’zo davlati: Polsha, Chexiya, Fransiya, Daniya va bir qancha davlatlar bilan birgalikda og‘ir qurol va harbiy texnika ishlab chiqadi hamda ishlab chiqaradi, ular bilan tuzilgan shartnomalar ma’lumotlarni oshkor qilishni nazarda tutmaydi.

«Shunday qilib, biz qo‘shma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, o‘q-dorilar ishlab chiqarishning yopiq liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnika va ko‘plab raketa tizimlarini ishlab chiqarmoqdamiz, yangi yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda ishlab chiqmoqdamiz. Buning uchun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratilgan quvvatlardan ham foydalanamiz», - deb ma’lum qildi «Ukroboronprom».

Bundan oldin olti davlat Ukrainani qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, qishki texnika bilan ta’minlashi xabar qilingandi.

17 noyabr kuni onlayn tarzda yakunlangan Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining («Ramshtayn» formati) bir qator a’zo davlatlari Kiyevga yangi qurol yetkazib berishini e’lon qildi.

Xususan Kanada, o‘z navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Shvesiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ikkita qo‘shimcha Hawk zenit-raketa kompleksi va ularga raketalarini topshiradi. Bundan tashqari, Polsha qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, shuningdek, qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!