Ukraina NATOga qo‘shilishi uchun alyans yangilanishiga muhtoj

Ukraina NATOga qo‘shilishi uchun alyans yangilanishiga muhtoj

Ukrainaning Londondagi elchisi va Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy NATO haqida fikr bildirib, alyans hozir ham «Ikkinchi jahon urushi davri doktrinasi» asosida faoliyat yuritayotganini, Ukraina Qurolli kuchlari esa texnologik jihatdan undan ilgarilab ketganini aytdi. Bu fikrni u avvalroq aytgan «Ukraina hech qachon NATOga kirmaydi» degan so‘zlariga hamda Kiyev yangi ittifoqlar izlash zarurligi haqidagi bayonotlariga izoh berar ekan, bildirdi.

«Men NATO tarafdoriman», — dedi Zalujniy. U eslatishicha, 2019 yilda Ukraina Qurolli kuchlarini NATO standartlariga o‘tkazish islohotining asosiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan va ushbu islohotni shaxsan ishlab chiqqan. Biroq uning ta’kidlashicha, ilmiy-texnik taraqqiyot hamda davom etayotgan urush Ukraina Qurolli kuchlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan.

«Endi NATOning boshqa yo‘li yo‘q — u butunlay yangi standartlarga o‘tishi va mutlaqo yangi harbiy doktrinani ishlab chiqishi kerak. Ana shundan keyingina NATO Ukrainaning alyansga qo‘shilishiga tayyor bo‘ladi», — dedi Zalujniy. U, shuningdek, Buyuk Britaniyada muntazam ravishda o‘tkaziladigan NATOning qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida qatnashib turishini qo‘shimcha qildi.

Sobiq bosh qo‘mondon yana bir bor Kiyevga «Evropaga hududiy jihatdan bog‘langan mutlaqo yangi harbiy-siyosiy blok» zarurligini ta’kidladi. Misol sifatida u Joint Expeditionary Force (JEF) — Birlashgan Ekspedision Kuchlarni keltirdi. Ushbu tuzilma tarkibiga Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Shvesiya va Norvegiya kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол