Ukraina hatto yaqin o‘n yil ichida YEIga qabul qilinmasligi mumkin
Oliy Rada deputati Maksim Bujanskiy Ukrainaning yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev tezlashtirilgan tartibda YEIga kirishni kutishi kerak emas, jarayon bir necha yilga cho‘zilishi mumkin. Bujanskiy hatto o‘n yildan keyin ham Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq Albaniya bosh vaziri Edi Rama Ukrainaga YEIga a’zo bo‘lish istiqbollari borasida Bryussel tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilayotganini aytgan edi. Vladimir Zelenskiy esa avvalroq Yevropa Ittifoqidan Ukrainani 2027 yilda qabul qilishni so‘ragan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
