Ukraina harbiylari nega norozi?

Ukraina harbiylari nega norozi?

Ukraina qo‘shinlari amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli bo‘lgan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidagi uzilishlardan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Financial Times manbalarga tayanib.

Ukraina hukumatining yuqori martabali mulozimining nashrga aytishicha, bunday uzilishlarning ba’zilari aloqaning "halokatli" yo‘qolishiga olib kelgan va vahima uyg‘otgan.

Qurilmalarning ishlashi bilan bog‘liq muammolar Xerson va Zaporoj’e viloyatlarida jiddiy edi, ular Xarkov viloyatida va Ukraina qo‘shinlarining DXR va LXR qo‘shinlariga qarshi harakatlari davomida ham kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!