Ukraina chempionati o‘yinlari maxfiy o‘tkazilishi mumkin

Ukraina chempionati o‘yinlari maxfiy o‘tkazilishi mumkin

Xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukraina chempionatining yangi mavsumi o‘yinlari maxfiy o‘tkazilishi mumkin.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi terakt tahdidi borligi sababli, o‘yinlarning o‘tkazilish joyi va vaqtini e’lon qilmaslikni so‘ramoqda.

Savollar juda ko‘p, hozir birinchi navbatda taqvim kerak. Ammo u e’lon qilinmasligi, o‘yinlar haqida faqat so‘nggi pallada xabar berilishi mumkin», dedi ukrainalik jurnalist Igor Siganik.

Ukraina chempionati 23 avgust kuni start olishi kerak. Mavsumning ochilish o‘yini «Shaxtyor» ishtirokida bo‘ladi. Hozircha raqib ma’lum emas. Taxminga ko‘ra, o‘yin Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida o‘tkaziladi.

Ukraina chempionatining o‘tgan mavsumi urush tufayli muddatidan oldin tugatilgan va «Shaxtyor» klubi chempion deb e’lon qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!