Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Vereshuk Xerson aholisini Qrim orqali bosib olingan hududlarni tark etishga chaqirdi

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Vereshuk Xerson aholisini Qrim orqali bosib olingan hududlarni tark etishga chaqirdi

"Xerson viloyati aholisi bosib olingan hududlarni tark etish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak", dedi Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshuk.

Xususan, u ukrainaliklar Rossiya harbiy pasportlaridan foydalanishi va Qrim orqali chegarani kesib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu Ukraina armiyasiga bosqindan chiqarishda yordam beradi osonlashtiradi. Chunki, Xerson uchun janglar paytida tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishlari mumkin".

"Biz u yerda bolalar borligini bilamiz va biz kuchsiz bo‘lib qolamiz va albatta, buni xohlamaymiz. Ishoning, ishg‘oldan chiqarish juda tez orada boshlanadi. Qarshi hujum albatta bo‘ladi", dedi u.

Xerson urushning birinchi kunlaridan rus armiyasi nazorati ostida edi. 12 iyun kuni Amerika urushni o‘rganish instituti o‘zining kundalik hisobotida Ukraina qo‘shinlari Xerson shimoli-g‘arbida, avvalgi amaliyotlaridan janubda, qarshi hujumni qayta boshlagani haqida xabar berdi.

Dushanba kuni Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina Qurolli kuchlari Xersondan 15-18 km uzoqlikda ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!