Ukraina Bosh prokuraturasi: urush 400 dan ortiq bolalarning hayotiga zomin bo‘ldi, 800 dan ortig‘i yaralandi

Ukraina Bosh prokuraturasi: urush 400 dan ortiq bolalarning hayotiga zomin bo‘ldi, 800 dan ortig‘i yaralandi

Rossiyaning butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri to‘qqiz oydan kamroq vaqt ichida Ukrainada jami 437 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Ukraina OAVlari mamlakat Bosh prokuraturasiga tayanib. Yana 839 nafar bola jarohatlangan.

“2022 yil 21 noyabr tong holatiga ko‘ra, Ukrainada Rossiyaning keng ko‘lamli qurolli tajovuzi natijasida 1276 nafardan ortiq bola jarohatlangan”, deyiladi xabarda.

“Voyaga yetmaganlar prokuraturasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 437 nafar bola halok bo‘lgan. 839 nafari turli darajadagi tan jarohati oldi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!