Ukraina armiyasi ikki qishloqni og‘ir qurollar bilan o‘qqa tutdi

Ukraina armiyasi ikki qishloqni og‘ir qurollar bilan o‘qqa tutdi

Ukrainadan bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilgan Donesk Xalq Respublikasiga qarashli ikki aholi punkti Ukraina armiyasi tomonidan og‘ir qurollar bilan nishonga olingani ma’lum qilindi.

Donesk meri Aleksey Kulemzi o‘zining Telegram kanalida bayonot e’lon qilib, Ukraina armiyasi bo‘linmalari Doneskning g‘arbiy chekkasidagi Staromihaylovka va Trudove qishloqlarini og‘ir qurollar bilan o‘qqa tutganini ma’lum qildi.

Bayonotda "Staromihaylovka soat 16.40 da yana bir bor Ukraina qurolli kuchlarining nishoniga aylandi. Ukraina armiyasi bo‘linmalari Petrovskiy tumanidagi Trudove qishlog‘ini ham og‘ir qurollar bilan qayta nishonga olgan", deyilgan.

Ukraina 2014 yil aprelida Kiyevdan bir tomonlama mustaqillik e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalariga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha mintaqadagi mojarolarda 13 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

2020 yilning 27 iyulida Kiyev ma’muriyati hamda Donesk va Lugansk xalq respublikalari mintaqada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olgan edilar.

Kelishuvga muvofiq, har ikki tomonning ko‘rsatmalari bilan Donbassda to‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kirgan. Biroq Ukraina armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumlar tufayli mintaqadagi keskinlik yana kuchaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!