Uchtepada o‘zganing qurilish materialini boshqa bir fuqaroga pullab ketgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uchtepada o‘zganing qurilish materialini boshqa bir fuqaroga pullab ketgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.M. fuqaro A.ga metall savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonasi mavjudligini, shuning uchun arzon narxlarda armatura topib berishini ma’lum qilib, uning ishonchiga kirib, aslida Zangiota tumanidagi bozorda savdo qiluvchi O.ga tegishli 50 tonna armaturani o‘ziga tegishli deb aldab, fuqaroning 35,7 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!