Uchtepada ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasidagi janjal yuzasidan rasmiy bayonot

Uchtepada ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasidagi janjal yuzasidan rasmiy bayonot

Shu yilning 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasida janjal chiqqanligi haqidagi video tarqaldi.

Holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rilib bu haqda jamoatchilik xabardor etildi (https://telegra.ph/Tezkor-xabar-09-25).

Biroq, hozirda shunday vaziyat kuzatilmoqdaki, ayrim shaxslar va ijtimoiy tarmoq faollari mazkur maishiy ziddiyatni millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar.

Ushbu maishiy nizo ayrim destruktiv kayfiyatdagi fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan xuddiki millatchilik asosiga egadek ko‘rsatib tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bevosita buzilishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega. Fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar faqat huquqiy tartibda hal etiladi.

Eslatib o‘tamiz, milliy, irqiy, etnik yohud diniy masalalarda adovatni qo‘zg‘atuvchi axborotlarni tarqatish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!