Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarini muomalaga kiritish holati aniqlandi

Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarini muomalaga kiritish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R.dan “Sigvey” nomli vositani 50 AQSh dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro J.I. R.dan 58 quti “Orbit” saqichlarini sotib olishda qalbaki 6 300 AQSh dollarini berganligi aniqlanib, jami 6 350 qalbaki AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
  
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!