Uchta viloyatda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Uchta viloyatda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi vositalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.O‘. fuqaro S.P.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 1 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni 1 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.I. 17 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaroga 400 AQSh dollari va 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro R.M. fuqaroga 89 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 25 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan yana 44 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Kasbi tumani tez tibbiy yordam chaqiruv brigadasi feldsheri A.R. fuqaro S.N.ga 60 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sharq” YPX maskanida shubha ostiga olingan fuqaro M.O.ning (muqaddam sudlangan) boshqaruvidagi “BYD SONG” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasi salonida 55 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentining Olmaliq shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.F. 40 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositani fuqaroga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсия