Uchta hududda imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Uchta hududda imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar S.A. va M.A. “K.T.” MCHJni tashkil etib, biolaboratoriya jihozlari va boshqa kerakli uskunalar olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini go‘yoki uskuna va jihozlar sotib olish mazmunida 9 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ko‘chirish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.z.” MCHJ rahbari F.X. “U.YU.” xususiy korxonasi rahbari M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, hududiy tijorat banklari filialidan parrandachilikni rivojlantirish hamda zamonaviy gidroponik issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,2 mlrd so‘m va 486 970 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.X.” MCHJ rahbari R.R., “S.I.” fermer xo‘jaligini norasmiy boshqarib kelgan S.B. va boshqalar “A.X.” MCHJga tomorqachilik faoliyatini rivojlantirish uchun texnika va jihozlar sotib olishga ajratilgan 1,9 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “S.-7” MCHJ “S.I.” fermer xo‘jaligiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!