Uch nafar qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi. Ular O‘zbekiston fuqarolaridan doimiy pul undirib kelgan

Uch nafar qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi. Ular O‘zbekiston fuqarolaridan doimiy pul undirib kelgan

Chegara xizmatining alohida rahbarlari homiyligida "Dostuk-avtodorojniy" nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari chegaradan o‘tayotgan fuqarolardan tizimli ravishda pul undirishgan. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, xodimlar asosan O‘zbekiston fuqarolari va og‘ir yuk mashinalari haydovchilaridan pul undirgan. Fakt Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Bir guruh shaxslar tomonidan pora olish" moddasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.

«19 oktyabr kuni «Dostuk-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i A.E., Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i CH.N., shuningdek direktorning birinchi o‘rinbosari — Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bosh shtabi Kursanbek Bektashev qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlar Milliy Xavfsizlik Davlat Qo‘mitasining O‘sh va O‘sh viloyati bo‘limiga joylashtirildi”, - deyiladi boshqarmada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!