Uch klub Ronalduni sotib olishdan bosh tortdi

Uch klub Ronalduni sotib olishdan bosh tortdi

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqa klublar bilan kelisha olmayapti, deb yozdi jurnalist Fabrisio Romano.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Bavariya", "Chelsi" va "PSJ" portugaliyalikni sotib olishdan bosh tortgan. Avvalroq Ronaldu mankunianliklarning transfer siyosatidan norozi ekani xabar qilingandi. Shu bilan birga, hujumchi klubdan uni ultimatum sifatida sotishni talab qilmoqchi emas.

37 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!