U23 Osiyo kubogi. Yaponiyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdik!

U23 Osiyo kubogi. Yaponiyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdik!

U23 Osiyo kubogi yarim final bosqichi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Temur Kapadze shogirdlari "kunchiqar yurt" vakillari ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yaponlar to‘p nazorati va uzatmalar soni bo‘yicha ustunlikka erishishdi. O‘zbekiston esa raqibni xato qilishga majbur qildi va vaziyatlardan unumli foydalandi. 60-daqiqada Jaloliddinov 28 metrlardan kuchli zarba berib, to‘pni "to‘qqizlik"ka "mixlab" qo‘ydi.

Yaponlar hisobda ortda qola boshlagandan so‘ng oldinga tashlanishga harakat qilishdi. Vakillarimiz esa himoyaga yotishmadi va aksincha imkon bo‘lishi bilan oldinga o‘tishdi. Kapadze ham o‘yinchilarni almashtirib, hujumni faollashtirdi. O‘yin tugashiga bir daqiqa qolganida raqib yana xato qildi va Xolmatovning uzatmasidan so‘ng Norchayev yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. "Nasaf" forvardi imkoniyatdan foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0! Biz finaldamiz.

Terma jamoamiz 19 iyun, yakshanba kuni Saudiya Arabistoniga qarshi "Bunyodkor" stadionida chempionlik uchun kurash olib boradi.

U23 Osiyo kubogi, yarim final
O‘zbekiston - Yaponiya - 2:0
Gollar: Jasur Jaloliddinov (60), Husayn Norchayev (89)
O‘zbekiston - Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Tursunov, Muhammadqodir Hamroaliyev, Hojimat Erkinov, Ulug‘bek Hoshimov, Jasurbek Jaloliddinov (S), Odilbek Abdumajidov, Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev, Abdurauf Bo‘riyev
Yaponiya - Zion Suzuki, Seyza Baba, Daiki Matsuoka, Joyel Chima Fujita (S), Shota Fujio, Koki Saito, Mao Xosoya, Zion Suzuki, Takashi Uchino, Xijiri Kato, Yuito Suzuki, Anriye Chase
Bosh hakam: Ahmad al-Kaf (Ummon)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!