To‘yib uxlagan kishiga koronavirus yuqmaydimi - somnolog maslahati

To‘yib uxlagan kishiga koronavirus yuqmaydimi - somnolog maslahati

Koronavirusning tarqalishi sharoitida uyquning to‘g‘ri rejimi alohida ahamiyatga ega. Nega aynan shunday – bu haqda Sputnik radiosiga intervyuda somnolog Aleksandra Puchkova aytib berdi.

Oatiy turmush tarzida, kattalar ish kunidan oldin kuchga ega bo‘lishlari uchun yetarlicha uxlashlari kerak. O‘z-o‘zini izolyasiya qilish paytida uyqu yana bir juda muhim vazifani bajaradi, deb aytib berdi Sputnik radiosiga Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori asab faoliyati institutining Uyqu va uyqusizlik neyrobiologiyasi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Aleksandra Puchkova.

"Endilikda yaxshi uxlash kerak, chunki bu immunitet tizimining normal ishlashi uchun zarurdir. Yomon uyqu, uning buzilishi yoki juda oz miqdori immunitet tizimining buzilishiga olib keladi. Ba’zilarda u pasayishi mumkin, boshqalarda u noto‘g‘ri ishlay boshlaydi va natijada autoimmun muammolar paydo bo‘ladi. Immunitet uchun yahshi uyqu juda muhim, hozirda esa immunitet muammosi o‘tkir", - deya eslatdi Aleksandra Puchkova.

Somnolog salqin, qorong‘i va sokin, havosi tez-tez almashtiriladiga xonada kuniga kamida 8 soat uxlashni maslahat beradi. Aleksandra Puchkova ta’kidlashicha, ishga borishga hojat yo‘qligi uyquga ketish vaqtini keskin o‘zgartirish va odatiy bioritmni tubdan o‘zgartirishga sabab emas.

"Inson shunday holatga "sudralib borishi" mumkinki, u sahar soat 4 ga qadar kompyuterda o‘tira boshlaydi, kunduzi soat 2 da o‘yg‘onadi, keyin ertalab soat 6 da uxlaydi va keyinchalik esa qachon uyquga ketishi umuman noma’lum. Bu yaxshi variant emas, chunki organizmimiz ritmik tarzda ishlaydi. Bunday siljish boshlanganida ichki soat sinxronlashishi buziladi, bunda tanamizning ba’zi tizimlari bitta rejimda ishlasa, boshqalari boshqacha ishlaydi. Bu bizning sog‘lig‘imizga salbiy ta’sir qiladi ", - deb tushuntiradi Aleksandra Puchkova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar


Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!