Tusk G‘arbni Ukraina uchun hal qiluvchi kuz va qish haqida ogohlantirdi

Tusk G‘arbni Ukraina uchun hal qiluvchi kuz va qish haqida ogohlantirdi

Polsha bosh vaziri Donald Tusk 1 sentyabr kuni Gdanskdagi Vesterplatte yarimorolida Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 87 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida nutq so‘zladi.

Tusk 1939 yilda Vesterplatteda Polsha himoyachilari birinchi zarbani qabul qilgani bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi hozirgi agressiyasi o‘rtasida parallel o‘tkazdi.

U G‘arbni o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslikka chaqirib, urushning keyingi davri hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Yaqin oylar — bu kuz va kelayotgan qish — nafaqat Ukrainaning mustaqilligi, balki Polsha va butun erkin dunyoning xavfsizligi uchun ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin», — dedi Tusk.

Polsha bosh vaziri Rossiyani urushni boshlagan yagona tomon deb atab, Ukraina va NATO mojaro uchun mas’ul emasligini ta’kidladi. U G‘arb o‘z kuchiga va ishonchli ittifoqlarga tayanishi kerakligini bildirdi.

Tusk, shuningdek, Finlyandiya, Latviya, Litva, Estoniya, Ruminiya, Daniya va yaqinda Germaniyada ham diversiya harakatlari kuzatilganini qayd etdi.

U Yevropa poytaxtlari «yovuzlik qarshisida hech kim yolg‘iz qolmasligi kerak» degan xulosani anglab yetishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi