Tushlaringizni eslab qolishni istaysizmi?

Tushlaringizni eslab qolishni istaysizmi?

Tushlar - bu ilmiy nuqtai nazardan kam o‘rganilgan inson hayotining bir sohasidir, chunki uni tahlil qilish juda qiyin.

Shu sababli, olimlar uchun bu soha juda qiziq.

Mutaxassislar insonning tushlarni yaxshiroq eslab qolishi mumkin bo‘lgan mexanizm mavjudligini va xohlasa ularni boshqara olishini hamda tanlash huquqiga ega bo‘lmagan passiv kuzatuvchi yoki aktyor bo‘lmasligini aniqlashga qaror qilishdi.

Ilmiy tajriba o‘tkazilib, uning davomida ko‘ngillilarning ba’zilari tabiiy tarzda uxlashdi, qolganlari esa B6 vitaminidan ichishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, B6 vitamini bemorlarga nafaqat tushlarini yaxshiroq eslab qolishga, balki ularni qandaydir darajada boshqarishga yordam bergan, deydi “belnovosty.by”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!