"Turpomosh" Turkiyadagi zilziladan keyin Rossiyadan kelgan sayyohlar uchun ishonch telefoni ochdi
Turkiyadagi zilziladan keyin Turistlarga yordam berish tashkiloti Rossiyadan kelgan uyushgan sayyohlar uchun favqulodda yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda ishonch telefoni ochdi.
Bu haqda Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bundan tashqari, mustaqil sayohat qilayotgan sayyohlar Rossiya TIVning Vaziyat va inqiroz markazi departamentiga murojaat qilishlari mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)