TURKOVAC koronavirusga qarshi vaksinani Ozarbayjonda ham ishlab chiqarish mumkin

TURKOVAC koronavirusga qarshi vaksinani Ozarbayjonda ham ishlab chiqarish mumkin

Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Erxan Akdo‘g‘an ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani sinovdan o‘tkazish munosabati bilan Ozarbayjon tomoni bilan yaqin aloqalar o‘rnatilmoqda.

Tegishli protokol asosida Ozarbayjonga 1200 doza TURKOVAC vaksinasi yuborildi. Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha dozalar yuborilishi mumkin.

“Agar talab bo‘lsa, TURKOVAC vaksinasini Ozarbayjonda ham ishlab chiqarish mumkin”, dedi Akdo‘g‘an Trendga bergan intervyusida.

Mart oyida Ozarbayjonda TURKOVAC klinik sinovlarining uchinchi bosqichi munosabati bilan TÜSEB va Boku sog‘liqni saqlash markazi o‘rtasida protokol imzolandi. Sinovlar 15 oy davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!