Turkmanistonda «Xalq itboqari» va «Xizmat ko‘rsatgan itboqar» unvonlari ta’sis etildi

Turkmanistonda «Xalq itboqari» va «Xizmat ko‘rsatgan itboqar» unvonlari ta’sis etildi

Turkmaniston parlamenti «Xizmat ko‘rsatgan itboqar» va «Xalq itboqari» faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Bu haqda Turkmenportal’ga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Tegishli qonunlar Turkmaniston Majlisining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi. Turkmaniston parlamentida ta’kidlanganidek, dunyoda tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda ommalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu faxriy unvonlar sovrindorlari uchun ko‘krak nishonlarining eskizlarini shaxsan tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Turkmaniston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga alabay kuchugini sovg‘a qilgan, kuchukka «Sodiq» laqabi berilgan. 2019 yilning mayida u Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ham alabay sovg‘a qilgan. 2020 yil noyabr oyida Berdimuhamedov Ashxobodda alabay itiga atab o‘rnatilgan oltin haykalni ochib bergandi.

Turkman alabayi yoki bo‘ribosar iti — O‘rta Osiyo cho‘pon itining bir turi. Axalteke oti bilan bir qatorda, alabay Turkmanistonning milliy boyligi hisoblanadi. Mamlakatda rasmiy ruxsatsiz zotli hayvonlarni xorijga eksport qilish taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!