Turkmanistonda Shahar kunida tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxobod ismi beriladi

Turkmanistonda Shahar kunida tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxobod ismi beriladi

Turkmaniston poytaxtning 140 yilligini nishonlashga faol tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda. Bayram sharafiga bir qator yangi binolar ochiladi, konsertlar va ko‘rgazmalar tashkil etiladi, filmlar suratga olinadi va 400 ta yangi shahar avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Turkmenistan segodnya» xabar bermoqda.

Bundan tashqari, mamlakat prezidenti 25 may kuni tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Paytagt (Poytaxt) yoki Ashxobod ismini, qizga Merjen (Marjona) yoki Maya ismini berishni buyurdi.

«Bu poytaxtga muhabbat, uning tarixiga hurmat, xalqning baxtli hayotidan g‘ururlanishni anglashning o‘ziga xos belgisi bo‘ladi», dedi prezident. «Yangi tug‘ilgan bolalarga bunday sovg‘a berish oilalariga bu onlarni unutilmas qiladi», deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, prezident o‘z nomidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Turkmaniston ayollariga 60 manat (davlat kursi bo‘yicha 17,1 dollar yoki «qora bozor» kursi bo‘yicha 1,9 dollar) berishni buyurdi. Pul sovg‘alarini mulkchilik shaklidan qat’i nazar muassasa va tashkilotlarda ishlaydigan, pensiya, nafaqa va stipendiya oladigan ayollar, shuningdek, maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari oladi. Uy bekalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno.

O‘tgan yili ayollarga har biri 60 manatdan sovg‘a qilingan edi, o‘shanda bu miqdor 3 dollarga teng bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!