Turkmanistonda koronavirusga tayyorgarlik boshlandi

Turkmanistonda koronavirusga tayyorgarlik boshlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining missiyasi Turkmanistonga Frankfurtdan charter reys bilan yetib keldi, u mahalliy hokimiyat va mutaxassislar bilan koronavirus infeksiyasi muammosi bo‘yicha birgalikda ish olib bormoqda. Bu haqda hukumatning "Neytral Turkmaniston" gazetasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining Turkmanistondagi qariyb 10 kunlik faoliyatining asosiy maqsadi, mamlakatga COVID-19  kirib kelishiga tayyorgarlik ko‘rishdir. Missiyani JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta mutaxassisi Ketrin Kichikvud boshqaradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda hali ham koronavirus holati qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!