Turkmanistonda koronavirusga qarshi isiriqli sovun ishlab chiqariladi

Turkmanistonda koronavirusga qarshi isiriqli sovun ishlab chiqariladi

Turkmanistonning «Tach xil» maishiy ximiya kompaniyasi tarkibida isiriq urug‘i bo‘lgan suyuq sovunni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Turkmenportal nashrining ta’kidlashicha, sovun tibbiy antiseptik xususiyatga ega bo‘ladi, chunki «isiriq urug‘ida peganidin alkaloidi bor, u esa bakterisid va stafilokokka qarshi xususiyatga ega».

13 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z kitoblariga asoslangan holda, isiriqning bakterisid xususiyatlari haqida gapirgan edi. Shundan keyin mamlakatda koronavirus profilaktikasi uchun isiriqdan foydalanila boshlandi.

«Isiriq tutuni – har xil, ko‘zga ko‘rinmas viruslarning inson vujudiga kirishiga qarshilik qiluvchi faol vosita», – dedi davlat rahbari va ommaviy tadbirlarda undan foydalanish haqida topshiriq berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!