Turkmanistonda Berdimuhammedovning o‘g‘li kelishidan oldin "shubhali" fuqarolar hibsga olindi - OAV

Turkmanistonda Berdimuhammedovning o‘g‘li kelishidan oldin "shubhali" fuqarolar hibsga olindi - OAV

Turkmanboshida Turkmaniston Prezidentining o‘g‘li, Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov kelishidan oldin, "ishonchsiz" fuqarolar ushlanib, ular bilan "tarbiyaviy" ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi "Ozodlik" radiosining turkman xizmati manbalarga tayanib.

Manbaga ko‘ra, deyarli hamma "ishonchsizlar" safiga kiritilgan, ayniqsa, soat 22:00 dan keyin ko‘chada bo‘lganlar. "Kechki soat 22dan keyin ko‘chada bo‘lganlar tafovutsiz hibsga olinadi. Ayollar fohishalik, o‘g‘rilik yoki boshqa qonunbuzarlikda gumon qilinib so‘roq qilinadi. Agar qo‘lga olinganlar orasida spirtli ichimlik ichganlar yoki tamaki chekkanlar aniqlansa, ular 5 kunga qamoqda saqlanadi", deydi manba.

Berdimuhammedovning tashrifi sanasi aniqlanmagan, ammo gazetaga ko‘ra, mahalliy hokimiyat shaharni obodonlashtirish, hayvonlarni otish va tuzoqqa tushirish ustida faol ish olib bormoqda. Bitta mushukni otish uchun kommunal xizmat xodimlariga 5 manatdan (1,4 dollar), itni otganga 50 manatdan (14,3 dollar) va’da qilingan.

"Ba’zi kommunal xizmatlar va’da qilingan pulni olish uchun Turkmanboshidan 20 kilometr uzoqlikdagi qishloqlarga, hayvonlar yoki ularning jasadlari uchun borishadi. Kecha Berdi ismli kommunal xizmatchi 5 it va 12 mushukning jasadlarini olib kelib, topshirgan", - dedi manbalardan biri Turkmanboshiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, kommunal xizmatlar axlat yig‘ish uchun bolalarni jalb qilmoqda.

Avgust oyida prezident farmoni bilan Serdar Berdimuhamedov Bolqon viloyati, jumladan Turkmanboshi uchun mas’ul etib tayinlandi. Bu shahar Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, uning hududida yirik xalqaro dengiz porti va Avaza sayyohlik zonasi joylashgan. Sentyabr oyi boshida Gurbanguli Berdimuhamedov va Markaziy Osiyo davlatlarining boshqa prezidentlari ishtirokida sammit o‘tkazilganligi sababli kurort mahalliy sayyohlar uchun yopiq edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!