Turkmanistonda "Arqadag‘"ning otiga haykal o‘rnatiladi

Turkmanistonda "Arqadag‘"ning otiga haykal o‘rnatiladi

Turkmanistonning Axal viloyati hududida Axaltekin zotli Akxan otiga haykal o‘rnatiladi. Bu haqda "Neytralniy Turkmenistan" gazetasi xabar bergan. Tegishli qarorni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov imzolagan.

Qayd etilishicha, "Akxan" Turkmanistonning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan shaxsan tarbiyalangan afsonaviy otdir. 2018 yilda u orqa tuyog‘ida 10 metr masofani 4,19 soniyada bosib o‘tgani bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu yutuq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!