Turkmaniston O‘zbekiston orqali uchinchi davlatga ham elektr sotmoqchi — Berdimuhamedov

Turkmaniston O‘zbekiston orqali uchinchi davlatga ham elektr sotmoqchi — Berdimuhamedov

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublikada Eron va O‘zbekiston orqali uchinchi davlatlarga elektr energiyasi eksport qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti» «Neytral Turkmenistan» gazetasiga tayanib.

Bunday bayonotni Turkmaniston rahbari mamlakat shimolidagi Toshhovuz viloyatiga safari chog‘ida mamlakat elektroenergetikasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytdi.

Yig‘ilishda Bosh vazirning energetika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Charimirat Purchekov Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston elektr uzatish liniyasi qurilishi, shuningdek, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan Kobulgacha bo‘lgan liniya yotqizish rejalashtirilgani haqida ma’lumot berdi.

«Hozirda Turkmaniston elektr energiyasi qo‘shnilarimiz – Eron Islom Respublikasi va Afg‘oniston, O‘zbekiston, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasiga yetkazib berilmoqda. Qolaversa, uni O‘zbekiston va Eron orqali uchinchi davlatlarga yetkazish imkoniyati katta», — deya Berdimuhamedovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Neytral Turkmeniston".

Nashrning ta’kidlashicha, «davlat rahbari o‘rinbosari bosh vazirga bu boradagi ishlarni sekinlashtirmasdan, davom ettirish bo‘yicha topshiriq bergan».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!