Turkmaniston elektr energiyasi eksportini ko‘paytirish uchun yangi stansiyani ishga tushirdi

Turkmaniston elektr energiyasi eksportini ko‘paytirish uchun yangi stansiyani ishga tushirdi

Ma’lum qilinishicha, mazkur elektrostansiya Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshiradi. Loyiha Turkmaniston Energetika vazirligining «Turkmanenergo» davlat korporasiyasi hamda Yaponiyaning «Sumitomo Corporation va Mitsubishi Power Ltd» va Turkiyaning «Rönesans Holding» kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Elektr stansiyasi Yaponiyaning mashhur «Mitsubishi Power Ltd» kompaniyasining gaz turbinli agregatlari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning texnologiyalari Turkmaniston elektr energetikasi tarixida birinchi marta qo‘llanilmoqda. Bu yerda 144 megavatt quvvatga ega uchta gaz turbinasi generatori o‘rnatilgan. Loyiha Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Banki tomonidan Turkmanistonning «Vneshekonombank» bilan kredit shartnomasi orqali moliyalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!