Turkmaniston bog‘chalarida turkcha multfilm va dasturlar taqiqlandi!

Turkmaniston bog‘chalarida turkcha multfilm va dasturlar taqiqlandi!

Turkmanistondagi bolalar bog‘chalarida bolalar turk tilida gaplasha boshlaganidan keyin turkcha multfilmlar va dasturlarni namoyish qilish taqiqlandi, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistan».

Fevral oyida bir nechta bolalar bog‘chalari tekshirilgandan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, bolalar turkcha dasturlar va multfilmlarini qiziqib tomosha qiladilar. Turkman va turk tillari bir-biriga o‘xshash bo‘lgani uchun bolalar eshitgan so‘zlarini tezda o‘rganadilar va ularni bolalar bog‘chalarida va uyda ishlatishadi.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra turk kanallarini maktabgacha ta’lim muassasalariga kiritishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tuman ichki ishlar idoralari xodimlariga ko‘rsatmaning bajarilishini haftasiga 2-3 marta tekshirish topshirilgan. Agar telekanal yoqilgan bo‘lsa, aybdor – bog‘cha mudirasi, tarbiyachi yoki enaga ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Shuningdek, bog‘cha mudiralariga bolalarning turk kanallarini tomosha qilish vaqtini minimallashtirishlari uchun ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!