Turkiyaning Mersin shahrida terakt sodir etildi

Turkiyaning Mersin shahrida terakt sodir etildi

Turkiyaning Mersin shahrida polisiya binosiga qurolli hujum uyushtirildi, bir kishi halok bo‘ldi, rasmiylar voqeani terakt sifatida baholadi, deb xabar bermoqda A Haber telekanali.

“Taxminan 23:00 Mersin shahrining Mezitli tumanida noma’lum shaxslar polisiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirdi”, ma’lumot beradi telekanal.

Masofadan boshqariladigan qo‘lbola bomba portlagani aytilmoqda.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu terakt oqibatida bir polisiyachi halok bo‘lganini, yana bir huquq-tartibot xodimi og‘ir yaralanganini ma’lum qildi.

“Buning ortida qaysi terrorchilik tashkiloti turgani allaqachon ma’lum”, deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltirgan Anadolu agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!